Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan keskin vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda Markaziy Osiyoga bevosita tutash Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar alohida tashvish bilan qarshi olinmoqda.

Bayonotda aytilishicha, harbiy-siyosiy holatning yanada keskinlashishi ko‘plab insonlar qurbon bo‘lishiga va keng ko‘lamli gumanitar falokatga olib kelishi mumkin, hayotiy muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikatsiya yo‘llarini vayron qiladi, mintaqaviy va global xavfsizlikka tuzatib bo‘lmas zarar yetkazadi.

O‘zbekiston tomoni o‘ta bosiqlik tarafdori bo‘lib, taranglikni kamaytirish va mintaqadagi vaziyatni mo‘tadillashtirish uchun qarama qarshi tomonlarni siyosiy-diplomatik choralar ko‘rishga chaqiradi, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh tomonidan Eronning eng nufuzli generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi Yaqin Sharq mintaqasida keskinlikni yuzaga keltirdi. Eron bunga javoban 8-yanvarga o‘tar kechasi AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalari berdi hamda buni o‘z-o‘zini himoya qilish deb atadi. AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning zarbalariga munosabat bildirib, mazkur mintaqada yangi urush bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Demet O‘zdemir yangi loyihada suratga tushadi, Ibrohim Chelikkol eski uyiga ko‘chib o‘tdi. Turk kinosi yangiliklari
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi
Sport
Krishtianu Ronaldu JCH—2022 vaqtida Portugaliya terma jamoasi bazasini tark etmoqchi bo‘lgan