Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 18-turi doirasida 6-yanvar, dushanba kuni 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Kalyari”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuv davomida “keksa sinyora” yetakchisi Krishtianu Ronaldu (49, 67 — penalti, 82) het-trikka erishgan bo‘lsa, Gonsalo Iguain (81) o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa turinliklar o‘z uyida kechgan bahsda “Kalyari” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi (4:0).
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Yuventus” ochkolari sonini 45 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Kalyari” esa 29 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.
Shu kuni Stefano Pioli boshqaruvidagi “Milan” esa “Juzeppe Meatssa”da “Sampdoriya”ni qabul qildi.
O‘yinda tomonlar darvozasiga gol urilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi (0:0).
Ma’lumot uchun, milanliklar 22 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. “Sampdoriya” esa 16 ochko bilan 16-o‘rinni band qilib turibdi.
A Seriya
18-tur bahslari
6-yanvar, dushanba
“Bolonya”—“Fiorentina” 1:1
Gollar: 0:1 — 27 Benassi, 1:1 — 90 Orsolini“Atalanta”—“Parma” 5:0
Gollar: 1:0 — 11 Gomes, 2:0 — 34 Froyler, 3:0 — 43 Gosens, 4:0 — 60 Ilichich, 5:0 — 71 Ilichich“Yuventus”—“Kalyari” 4:0
Gollar: 1:0 — 49 Ronaldu, 2:0 — 67, penalti Ronaldu, 3:0 — 81 Iguain, 4:0 — 82 Ronaldu“Milan”—“Sampdoriya” 0:0
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!