Samsung kompaniyasi flagman smartfonlarining yangi versiyalarini — Galaxy S10 Lite va Galaxy Note10 Lite’ni taqdim etdi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Foto: Hindustan Times

Mazkur qurilmalar 2020-yilning yanvaridan boshlab Rossiyada sotuvga chiqadi.

Galaxy S10 Lite keng qamrovli kamera, shuningdek, o‘ta yuqori o‘lchamli va makro-obyektivlar bilan jihozlangan. Tasvirning optik barqarorlashuvini Super Steady OIS nomli yangi tizim ta’minlaydi. Galaxy Note10 Lite qurilmasi esa S Pen elektron peroga ega. Uning yordamida foydalanuvchi qaydlarni amalga oshirishi va uni chop etiladigan matnga aylantirishi mumkin.

Ikkala qurilma ham 6,7 dyuymli Infinity-O immersiv ekran bilan jihozlangan, akkumulyator sig‘imi 4500 mA/soat. Shuningdek, ekotizim dasturlari va Samsung’ning Bixby, Pay va Health servislari o‘rnatilgan. Galaxy S10 Lite 725 dollardan, Note10 Lite esa 645 dollardan sotuvga chiqishi kutilmoqda.