Hozirda Lenovo’ning bo‘linmasi hisoblanuvchi Motorola kompaniyasi 13-noyabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan tadbirda afsonaviy telefonining davomchisi Moto RAZR V3’ni taqdim etdi, deb xabar berdi CNet.
Brend bo‘lib o‘tadigan anjuman oldidan jurnalistlarga kichik video-tizer joylashgan taklifnomalarni tarqatib ulgurgan. Tizerdan ko‘rish mumkinki, yangi korpus 2004-yildagi telefonning chizgilarini o‘zida mujassam etgan.
Bundan tashqari taklifnoma quyidagi jumla bilan boshlanadi: “Orginal, o‘xshashi yo‘q. 13.11.19.”.
Tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, RAZR’ning narxi 1500 dollar atrofida bo‘ladi. Qurilmaga 6,2 dyuymli egiluvchan displey, Qualcomm Snapdragon 710 protsessori, 2730 mA/soat akkumulyator, 4—6 gigabayt tezkor va 64—128 gigabayt ichki xotira o‘rnatiladi.
Izoh (0)