Daryo

Samsung Xitoyda o‘z smartfonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Mazkur qaror mahalliy smartfon ishlab chiqaruvchilar bilan kuchli raqobat fonida qabul qilingan

1 daqiqa o‘qish44 169 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pressfrom

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics texnologik korporatsiyasi Xitoyda o‘z smartfonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar beradi “Reuters”.

Foto: The Straits Times

Mazkur qaror mahalliy smartfon ishlab chiqaruvchilar bilan kuchli raqobat, Xitoy iqtisodiyotning sekinlashuvi, shuningdek, Xitoy va AQSh o‘rtasida davom etayotgan savdo urushi fonida qabul qilingan.

Samsung Guandun provinsiyasining Xoychjou shahrida joylashgan so‘nggi zavodida ishlab chiqarishni to‘xtatadi. O‘tgan yili Xitoydagi boshqa zavodlari faoliyatini to‘xtatgan korporatsiya yoz oyida Xoychjoudagi zavodida ishlab chiqarish va xodimlarni qisqartirishini ma’lum qilgandi.

Counterpoint kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung’ning Xitoy smartfonlar bozoridagi ulushi birinchi chorakda 1 foizga qadar tushib ketgan (2013-yilda ushbu ko‘rsatkich 15 foizni tashkil etgan). “Xitoyda odamlar mahalliy brenddagi hamyonbop smartfonlarni hamda Apple yoki Huawei’ni xarid qilmoqda. Samsung’da ushbu mamlakatdagi o‘z ulushini qayta tiklab olish imkoniyati juda past”, — deydi Cape Investment & Securities kompaniyasi tahlilchisi Pak Son Sun.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar