Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Maktabgacha ta’lim vazirligi Davlat idoralariga tegishli bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini Maktabgacha ta’lim vazirligiga o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralarning Maktabgacha ta’lim vazirligiga tezkor boshqaruv huquqi asosida bepul o‘tkazish to‘g‘risidagi quyidagi takliflariga:

muqaddam maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy loyihalari bo‘yicha qurilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar davlat idoralariga tegishli bino inshootlarni 1-ilovaga muvofiq;

bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini va yer uchastkalarni 2-ilovaga muvofiq rozilik berilishi mumkin.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Maktabgacha ta’lim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvargacha:
  • ko‘rsatilgan bino inshootlarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish uchun zarur choralarni ko‘radi;
  • ko‘rsatilgan bino inshootlar va yer uchastkalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari yoki davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi.
Moliya vazirligi belgilangan bino inshootlarda tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish choralarini ko‘radi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda belgilangan bino inshootlarda joylashgan idoralar ular yuqori turuvchi tashkilotlarining hamda tegishli hokimliklarning boshqa bo‘sh turgan bino inshootlariga joylashtirilishini ta’minlaydi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilangan bino inshootlarni o‘rnatilgan tartibda topshirish va qabul qilishni ta’minlaydi.

Muqaddam maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy loyihalari bo‘yicha qurilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar davlat idoralariga tegishli bino inshootlar ro‘yxati

Skrinshot: Regulation.uz

Skrinshot: Regulation.uz

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirdi