Telegramdagi muxbir.uz kanalining yozishicha, Qashqadaryo hokimi dalani payhon qilgan qo‘ylarni so‘yish to‘g‘risida topshiriq bergan.
Qashqadaryoda viloyat hokimi topshirig‘iga ko‘ra, o‘zgalar mulki bo‘lgan qo‘ylar so‘yilib, kam ta’minlangan fuqarolar va ustalarga tarqatilayotgani haqida video tarqaldi, — deb yozadi manba.
Videoda chiqish qilgan mas’ulning aytishicha, mazkur o‘zboshimchalik viloyat hokimi tomonidan buyurilgan.
— Videoda chiqish qilgan mas’ul viloyat qishloq xo‘jaligi inspeksiyasi boshlig‘i Akrom Aripov — deya holatga oydinlik kiritishga urinadi manba.
Akrom Aripovning aytishicha, u Nishon tuman IIB boshlig‘i bilan birga tumanning Ibn Sino hududidagi “Otamurod ota” fermer xo‘jaligida bo‘lib, dalani payhon qilgan 21 bosh qo‘y egasini topgan.
Video davomida Akrom Aripov qo‘ylar Zoir Mirzayev topshirig‘iga ko‘ra, so‘yilayotganini aytib, go‘shti kam ta’minlangan oilalar va qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlayotgan ustalarga berilishini aytadi.
Izoh (0)