Sog‘liqni saqlash kodeksi ishlab chiqiladi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan muhokamaga qo‘yilgan “2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Prezidentining 2018 -yil 7-dekabrdagi PF–5590-son farmoni bilan tasdiqlangan 2019–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining 7-bandida nazarda tutilgan.
Kodeks loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- sog‘liqni saqlash sohasida amaldagi qonun normalarini birlashtirish;
- sog‘liqni saqlash sohasini aniqlovchi asosiy atamalar;
- sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiy yordamni tashkil etish;
- tibbiy va farmatsevtik faoliyatni belgilash, ko‘rsatiladigan xizmat hajmi va turlarini aniqlash;
- sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarish va nazorati, shuningdek, idoralararo hamkorlik qilish;
- sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish;
- sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish;
- sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyatni normasini belgilash;
- sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqiy munosabatlarda tomonlarning huquq va majburiyatlari;
- tibbiy va farmatsevtik faoliyatlarning ayrim turlarini huquqiy tartibga solish va boshqalar.
Izoh (0)