Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida o‘rnatilgan asosiy Yangi yil archasi MDH davlatlari poytaxtlaridagi asosiy bayram archalari orasida balandligi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi. TurStat portali MDH davlatlari poytaxtlaridagi eng baland asosiy bayram archalari reytingini tuzdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

MDH mamlakatlari poytaxtlaridagi eng yuqori archalar o‘nligida birinchi o‘rinni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahridagi 40 metrli archa egalladi. Undan keyingi o‘rinlardan Yerevan (37 metr), Toshkent (36 metr), Boku (34 metr), Minsk (30 metr), Dushanbe (29 metr), Moskva (27 metr), Bishkek (27 metr), Nur-Sulton (25 metr) va Kishiniyov (20 metr) o‘rin olgan.

Moskvadagi asosiy Yangi yil archasi MDH davlatlari poytaxtlaridagi yagona tirik asosiy bayram archasi hisoblanadi.

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida MDHdagi eng baland bayram archasi o‘rnatilgan bo‘lib, uning balandligi 55 metrni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi asosiy Yangi yil archasi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona qarshisidagi maydonga o‘rnatilgan. Shuningdek, Tashkent City xiyobonida ham bayram archasi o‘rnatilgan. Namanganda esa O‘zbekistondagi eng baland Yangi yil archasi o‘rnatildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Dunyo
Rossiya dronlar evaziga Eronga kiber qurollarini berdi — WSJ