O‘zbekistonda 21-dekabr kuni piyodalar ishtirokida 10 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi, deya xabar bermoqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati. Xususan, soat 17:30 larda Toshkentning Shayxontohur tumani Jarariq ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Shayxontohur tumanida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan K.D. mast holda, hujjatlarsiz Mercedes-Benz avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda — Qashqadaryoning Koson tumanida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan X.S.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda X.S. tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)