“Humo Arena” muz saroyida 2020-yilning 7—8-yanvar kunlari “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligida Toshkentda ilk bor muz ustida musiqali shou taqdim etiladi.
Unda figurali uchish bo‘yicha Rossiya terma jamoasi ishtirokchilari va jahon muz ustidagi shoulari yakkaxonlari chiqish qiladi.
Multimediaviy ko‘rinishdagi sahnada bosh qahramonlar mualliflik qo‘shiqlari, noyob cholg‘u kompozitsiyalari, shuningdek Petr Chaykovskiyning yorqin musiqasi bilan Ernst Gofman ertagining mumtoz hikoyasini gavdalantiradi.
Spektaklda figurali uchish bo‘yicha Rossiya terma jamoasining amaldagi sportchilari — Moskva klublarining eng yaxshi namoyandalari, shuningdek, jahon sport musobaqalari g‘oliblari va mahoratli aktyorlar, dunyo muz ustidagi shoulari yakkaxonlari, “Muz ustidagi myuzikl” janriga asos solgan ijodkorlar, ularning loyihalarida Olimpiya chempionlari va figurali uchish bo‘yicha yirik jahon musobaqalari g‘oliblari ishtirok etadi.
Muz ustida musiqali shou 1 soat-u 20 daqiqa davom etadi. Tomoshalar 7-yanvar kuni soat 11:00 va 13:30 da, 8-yanvar kuni 11:00, 13:30 va 16:00 da rus tilida bo‘lib o‘tadi.
Chiptalar narxi 50 000 so‘mdan boshlanadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun (+998) 95 169 87 87 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Izoh (0)