Toshkentda 27-dekabr kuni “O‘zbekiston” tennis klubida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshchiligida Dance Music Fest 2019 Winter festivali bo‘lib o‘tadi.
Dance Music Fest muxlislarining ko‘p sonli iltimoslariga ko‘ra, bu yil musiqa-raqs festivalini ikkinchi marta — endi qish mavsumida o‘tkazishga qaror qilgan. Keng qamrovli bu tadbir O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya va Belgiya davlatlaridan 7 iste’dodli dijeyni jamlaydi.
Festivalda O‘zbekistondan Trace (Oybek Jabborov), Cayote (Artyom Yarich), Taker (Timur Tazetdinov), KMRN (Kyamran Tuychiyev), Qozog‘istondan esa dijey Cybermode (Musa Aliyev) ishtirok etadi.
2015-yilda Age of Emotions qo‘shig‘i bilan xalqaro muvaffaqiyatga erishgan turkiyalik disk-jokey va prodyuser Mahmut Orhan va dunyoning eng mashhur Tomorrowland elektron musiqa festivali bosh sahnasida, shu qatorda, Tomorrowworld va Tomorrowland Brasil festivallarida 6 marta chiqish qilgan belgiyalik dijey Romeo Blanco festivalning maxsus mehmonlariga aylanadi.
An’anaga ko‘ra Dance Music Fest bizni nafaqat yaqin va uzoq xorij mamlakatlarining eng yaxshi dijeylari, balki dunyo tomoshabinlari tomonidan munosib baholangan musiqachilarning yorqin ijod namunalari bilan ham tanishtiradi.
Chipta narxi 100 000 va 150 000 so‘m bo‘lib, myticket.uz saytida xarid qilish mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 99-899-8787.
Izoh (0)