Toshkent shahrida yashovchi ikki nafar erkak firibgarlik yo‘li bilan samarqandlik ayolning 50 million so‘mini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1-avgust kuni Yunusobod tumanida yashovchi 1952-yilda tug‘ilgan fuqaro T.R. va uning jiyani, 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro U.R. Samarqand viloyatida yashovchi 1950-yilda tug‘ilgan S.O. ismli ayolga Yunusobod tumanida qurilayotgan yangi turar-joy kompleksidan uy olib berishni va’da qilgan. Ikki erkak ayoldan 50 million so‘m pul olgan va shu kunga qadar bergan va’dalarini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Firibgarlikda gumonlanuvchi fuqarolar T.R va U.R. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)