• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xalq ta’limi vazirligi maktablarda o‘qishni 5 kunlik qilish taklifiga munosabat bildirdi

    Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasini muhokama uchun e’lon qilgan edi. Unda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida besh kunlik o‘qish tizimini joriy etish hamda turizm mavsumini uzaytirish maqsadida yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobidan qishki ta’til davrini uzaytirish taklifi berilgan.

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

    Xalq ta’limi vazirligi qaror loyihasida keltirilgan takliflar vazirlik bilan kelishilmaganligini hamda ularni faqat chuqur tahlil qilinganidan so‘ng qabul qilish kerakligini bildirdi va bu borada yuzaga kelgan bir necha savollarni o‘rtaga tashladi.

    Birinchidan, hozirgi kunda ko‘pchilik maktablarda ta’lim ikki yoki undan ortiq smenada olib borilmoqda. Maktablarda besh kunlik o‘qish tizimining joriy etilishi esa bunday o‘quv muassasalar sonini keskin oshiradi. Ya’ni o‘quvchi o‘rni va binolarga qo‘shimcha talab keskin ortadi. Bu holatda Turizm qo‘mitasi tomonidan Investitsiya dasturiga maktablar uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladimi?

    Ikkinchidan, ayni paytda aksariyat ota-onalarning mehnat faoliyati haftada olti kunni tashkil etadi. Bunday oilalarda shanba kuni bolalar xavfsizligini kim ta’minlaydi, degan savol kelib chiqadi. Bu holat yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning o‘sishiga sabab bo‘lmaydimi?

    Uchinchidan, yoshlarning hatto o‘zi yashayotgan hududidagi turizm obyektlariga sayohati ham mablag‘ talab qiladi. Bu mablag‘lar kimning hisobiga qoplanadi? Ota-onalarnimi? Yana bunga o‘qituvchi mas’ul bo‘ladimi? O‘quvchilar xavfsizligini kim ta’minlaydi? Bolalar avtobusda olib borilsa, ularning xavfsizligi ichki ishlar tomonidan ta’minlanishi kerak bo‘lsa, ushbu xarajatlar qanday qoplanadi?

    To‘rtinchidan, yozgi ta’tilni qishki ta’til hisobiga qisqartirish taklifi berilgan. Bizda ta’tillar mamlakat iqlimidan kelib chiqib belgilangan. Yozning issiq havosida 30-35 kishi bir xonada 45 daqiqa o‘tira oladimi? Xonalarda sovutish tizimi kimning hisobiga o‘rnatiladi? Elektr ta’minotiga bo‘lgan talab keskin ortishi tufayli maktab elektr tizimidagi o‘zgartirishlar hamda elektr iste’moli uchun xarajatlarning oshishi qaysi mablag‘ hisobidan qoplanadi? O‘quvchilar bunday sharoitda darsni yaxshi o‘zlashtira oladimi?

    Beshinchidan, yoz davrida asosan davlat investitsiya, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida maktablar rekonstruksiya qilinadi yoki ta’mirlanadi. Hozirda pudratchilar mazkur ishlarni yakunlashga o‘quv yili boshlanishiga qadar zo‘rg‘a ulguryapti. Yozgi ta’til qisqarsa, dars va qurilish-ta’mirlash jarayonlari bir vaqtda olib boriladimi?

    Oltinchidan, o‘quv yili davomida har chorakda o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalari tashkil etiladi. Bunga sabab o‘quvchilarning dars jarayoniga xalaqit bermaslikdir. Yangi taklif bolalarga ortiqcha bosim o‘tkazmaydimi?

    Yettinchidan, qishki turizm uchun infratuzilma mavjudmi? Transport tizimi uzluksiz ishlashga tayyormi?

    Sakkinzinchidan, qishda bolasini biror bir joyga yuborishga imkoniyati yo‘q ota-onalar nima qilsin?

    “Har bir taklif tahlillarga asoslangan bo‘lishi kerak. Qaror loyihasi tayyorlanish jarayonida shunday tahlil qilinganmi? Ya’ni ta’lim besh kunlik o‘qish tizimini joriy etish hamda yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobidan qishki ta’til davrini uzaytirish ichki turizmini rivojlantirishga qanday turtki beradi? Ushbu topiladigan daromadlar yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlarni qoplay oladimi? Istalgan yangilik kiritilishidan avval undan bo‘ladigan ijobiy va salbiy ta’sirlar to‘liq tahlil etilishi (Cost-benefit analysis) hamda ijobiy ta’sirlar ko‘proq bo‘lgandagina ushbu yangilikni qabul qilish mumkin.

    Aniq hisob-kitoblar va tahlillar amalga oshirilgan bo‘lsa, qarorni kelishishdan avval ularni taqdim etish to‘g‘ri bo‘ladi”, — deyiladi vazirlik munosabatida.

    Xalq ta’limi vazirligi 5 kunlik o‘qish tizimini joriy etish hamda turizm mavsumini uzaytirish maqsadida yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobidan qishki ta’til davrini uzaytirish taklifini qabul qilishdan avval yuqoridagi va boshqa savollarga javob topish kerakligini bildirgan.

    12.12.2019, 21:32   Izoh (0)   35828
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi mehmonxonalarning to‘lish darajasi 85 foizni tashkil qiladi

    12.12.2019, 21:13

    DXX Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy saboq berilganini aniqladi

    12.12.2019, 20:55

    Shavkat Mirziyoyev Nagoya shahri merini qabul qildi

    12.12.2019, 20:36

    Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi Bahodir Po‘latov salomatligi yomonlashib, ahvoli og‘irligi aytilmoqda

    12.12.2019, 20:15

    Shavkat Mirziyoyev 31 ta loyihani qoloq, 8 ta hududiy loyihani samarasiz deb topdi

    12.12.2019, 19:54

    Istanbulda O‘zbekiston, AQSh va Afg‘oniston delegatsiya rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    12.12.2019, 19:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.