• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Raddiya yozing, barchasi yolg‘on deng. Biz sizni deputat qilamiz”. Surxondaryolik mas’ullar saylov taqdirini oldindan belgilashga urinayotgani aytilmoqda

    “Daryo” internet nashrida “‘Arizaga yaxshilikcha imzo qo‘ying, bu hokimning topshirig‘i’. Parlament saylovlariga qadar partiyaviyligi o‘zgarib qolgan Surxondaryolik nomzod soxta arizaga imzo chekishga majburlanmoqda” sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Maqolada Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi 30-maktab direktorining saylovga qadar partiyaviyligi o‘zgarib qolishi va boshqa partiyadan nomzod sifatida ko‘rsatilayotgani tilga olinadi. Shuningdek, fuqaro Chori Mirzayev deputatlikka nomzod qo‘yish uchun XDPga 170 ming so‘m pul to‘lagani yozilgandi.

    Foto: uz.raisense.saylov

    Foto: uz.raisense.saylov

    Mazkur maqolaga Xalqaro matbuot markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi munosabat bildirdi. Dastlab Xalqaro matbuot markazi munosabatini e’tiboringizga havola qilamiz.

    Mazkur xabarning haqiqatga yaqinligini bilish uchun siyosiy partiyalar va xabarda tilga olingan mutasaddilar bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qildik. Zero mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon yaqinlashayotgan bir paytda bu kabi ma’lumotlar saylovchilarni chalg‘itib qo‘yishi ham hech gap emas.

    Ma’lum bo‘lishicha, Qiziriq tumanidagi 30-maktab direktori Dilbar Saidova tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qiziriq tuman Kengashiga nomzodini deputatlikka ko‘rsatish bo‘yicha ariza bilan murojaat etmagan. Shuningdek, partiyaning tuman Kengashi yig‘ilishida Dilbar Saidovaning nomzodi deputatlikka ko‘rsatilmagan.

    Vaholanki, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlarni partiya safidagi eng faol nomzodlar orasidan saralab oladi. Delegatlarning ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlanadi.

    O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qiziriq tuman Kengashi  Plenumining tegishli qaroriga asosan Saidova Dilbar Po‘latovna 6-“Yangi yo‘l” saylov okrugidan xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashi deputatligiga nomzod etib ko‘rsatilgan.

    Xabarda shu tumanda yashaydigan fuqaro Chori Mirzayevning “mahalliy Kengash deputatligiga nomzodimni qo‘ydirish uchun 170  ming so‘m to‘ladim, partiya  nashriga obuna bo‘ldim, alam qilgani nomzodlar ro‘yxatidan olib tashlashgani” degan so‘zlari keltirilgani ham ajablanarlidir. Zotan partiya nashriga obuna bo‘lish deputatlikka nomzodi ko‘rsatildi, degani emas. Nashrga o‘z xohishi bilan obuna bo‘lgan fuqaroga esa plenumda nomzodi qo‘llab-quvvatlanmay qolgach, obunani dastak qilishi ham yarashmaydi.

    Biroq XDP Qiziriq tumani Kengashi raisi Yu. Umbarov fuqaro Chori Mirzayev hech qanday to‘lov qilmaganligi hamda unga nomzodini qo‘yishni ham bildirmaganligini ma’lum qildi. Shuningdek, siyosiy partiyalarning konferensiya va plenumida deputatlikka nomzodi qo‘llab-quvvatlanmagan fuqarolarning murojaatlari asosida turli fikrlarni ilgari surish ham “Daryo.uz”dek nufuzli saytga yarashmaydi.

    Xalqaro matbuot markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi

    Xalqaro matbuot markazining viloyat bo‘limi Dilbar Saidovaning partiyaviyligi o‘zgargani-yu, nomzodlikka o‘tish uchun fuqaro Chori Mirzayevning 170 ming so‘m to‘laganini tan olmayapti.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Deputatlikka nomzod Dilbar Saidovaning ishonchli vakillari Adham Ergashev hamda Dilafro‘z Saidovalar esa nomzodning dastlab O‘zLiDePdan ko‘rsatilganligini, ammo partiyaviyligi keyin o‘zgarib qolganini ta’kidlamoqda.

    — Dilbar Saidovaga ishonchli vakilman, — deydi Adham Ergashev. – Dilbar opaning nomzodi dastlab O‘zLiDePdan ko‘rsatilgandi, ammo 3 kun oldin bildim, endi Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilayotgan ekan.

    Dilbar Saidovaning yana bir vakili Dilafro‘z Saidova ham nomzod O‘zLiDePdan ko‘rsatilganini, so‘ngra o‘zgarish bo‘lganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bahrom Xolboyev ismli kishi menga O‘zLiDePdan ko‘rsatilayotgan nomzodning ishonchli vakili ekanligimni aytib, guvohnoma bergandi, — deydi Dilafro‘z Saidova. – Endi bilsak, nomzodimizning partiyaviyligi o‘zgargan. Nima uchun o‘zgarganini bilolmay sarsonmiz.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Dilbar Saidovaning aytishicha, maqola e’lon qilingach tuman XTB mudiri Xo‘shmurod Muhammadiyev va mutasaddi rahbarlar maktab direktorining OAVga ochiq-oshkora ma’lumot berganini qoralagan. Va muammoni faqatgina o‘zlari hal qilishlari mumkinligini aytgan.

    — Menga “Daryo.uz” saytiga raddiya yozing, barchasi yolg‘on deng nomzodingizni XDPdan ko‘rsatavering, biz sizni deputat qilamiz”, deyishmoqda, — deydi Dilbar Saidova. – Men esa O‘zLiDePga a’zoligimni va nomzodimni qaytarib berishlarini so‘radim.

    Dilbar Saidovaning ma’lumot berishicha, XTB mudiri maktab direktorini dastavval viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i bilan gaplashtirgan. So‘ngra tuman hokimi qabuliga olib borgan. Har ikkala mas’ul ham nomzodning OAVga murojaatini qoralab, XDP nomzodi sifatida qolishini so‘ragan.

    Dilbar Saidovaning aytishicha, mas’ullar vaziyatni bosdi-bosdi qilib, o‘z holicha qoldirish niyatida. Deputatlikka nomzod va uning ishonchli vakillari shu holatdan cho‘chiyapti.

    Qiziriq tumanida yashovchi Abdug‘affor Shodmonovning Dilbar Saidovaga ma’lumot berishicha, To‘ra Shoyqulov ism-sharifli nomzod bir vaqtning o‘zida ikki hududdan har xil partiyalardan deputatlikka da’vogar bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Partiyalarning pala-partish ishi va tala-to‘p sabab To‘ra Shoyqulov viloyatga bizning partiyadan (Dilbar Saidovaning aytishicha, Abdug‘affor Shodmonov ilgari “Adolat” partiyasining mas’uli bo‘lgan) nomzod qilib qo‘yilgan bo‘lsa, tumanga XDP nomzodi qilib ko‘rsatilgan, — deydi Abdug‘affor Shodmonov. — Gazetaga ham xuddi shunday bosilgan. Ancha shov-shuv bo‘lgandi. Hatto Sariosiyo tumanidan o‘lgan kishilarni, hatto Rossiyada “lapatka” ko‘tarib yurganlarni ham ko‘rsatish holati bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Dilbar Saidovaning aytishicha o‘zi bilan bog‘liq masalaga Qiziriq tuman saylov komissiyasi rahbari Erkin Arabov aybdor.

    — Tuman saylov komissiyasi rahbari Erkin Arabovning o‘zboshimchaligi sabab shu vaziyat yuzaga keldi, — deydi Dilbar Saidova. – Endi hammaning boshi qotgan. Menga boshqa partiya a’zoligi va deputatligi kerak emas. Mayli, saylovda qatnashish fikridan ham qaytaman, faqat mening O‘zLiDePga a’zoligimni qaytarishsin.

    12.12.2019, 13:13   Izoh (0)   29291
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda mahkumlar qanday afv etiladi?

    12.12.2019, 12:44

    Amerikaning mashhur CNBC telekanali ilk bor O‘zbekiston haqidagi filmlarni efirga uzatmoqda

    12.12.2019, 12:30

    O‘zbekistonda 12-dekabrdan muddatidan oldin ovoz berish boshlanadi

    12.12.2019, 11:43

    Toshkent shahridagi ko‘ngilochar maskanlarni 24 soatlik ish tizimiga o‘tkazish taklif qilindi

    12.12.2019, 11:13

    Toshkentda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotish bilan shug‘ullangan dorixona ishchisi qo‘lga olindi

    12.12.2019, 10:57

    Navoiy va Toshkentga kuryerlik jo‘natmalari orqali keltirilgan 650 mln so‘mlik tovarlar bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagani fosh bo‘ldi

    12.12.2019, 10:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.