Uchtepa tumani 14-dahada joylashgan “Registon farm” MChJ ishchisi 24 yoshli Farhod ismli yigit maxsus retsept talab qilmasdan kuchli ta’sirga ega dori vositalari sotuvi bilan shug‘ullangani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Dorixonani ko‘zdan kechirish vaqtida 193 ta “Regapen” tabletkalari, 140 flakon “Tropikamid” va 1100 ta tabletka “Karbamazepin” topilgan.
To‘plangan ma’lumotlar Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilishi masalasini hal qilish uchun Bosh prokuratura qoshidagi departamentga topshirilgan.
Mavzuga doir: Toshkentda “Regapen” psixotrop dori vositasini noqonuniy sotgan dorixonachilarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi