Disneylend ko‘ngilochar bog‘lar reytingida uzoq yillardan beri birinchilikni hech kimga bermay kelayotgandi, biroq bu yil bu borada yetakchilik boshqa parkga o‘tadiganga o‘xshaydi. 2019-yilda eng yaxshi mavzuli ko‘ngilochar bog‘ nominatsiyasida g‘oliblik Abu Dabidagi Ferrari World’ga nasib etdi.
Formula-1 uslubidagi ushbu olamshumul kompleks ekstremal sportni yoqtiruvchi har qanday odamni esankiratib qo‘yadi. Ushbu maqolani o‘qib, parkka tashrif buyuruvchilar qanday attraksionlarda hordiq chiqarishi mumkinligini bilib olish mumkin.
Disneylendga borgan odam o‘zini yer yuzidagi baxt manziliga tushib qolgandek sezadi, lekin 2019-yilda ushbu manzilga aylanish boshqa parkka nasib qildi. Bu Ferrari World bog‘i.
Ferrari World — Ferrari brendining birinchi avtomobil parki hisoblanadi, u yerda dunyodagi eng tezkor Amerika attraksioni ishlab turadi.
Formula Rossa attraksioni gravitatsiyada 4,8 soniyada soatiga 241 kilometr tezlik bilan harakatlanadi. Unda uchish shu darajada ekstremalki, odamlar ko‘zlariga ko‘zoynak taqib olishga majbur. Parkda ushbu qurilmadan boshqa qiziqarli mavzuli attraksionlar ham mavjud.
Bolalar parkdagi maydonchalarda o‘ynab miriqib dam olishi, kattaroq yoshdagi o‘smirlar esa 9D kinoteatrlardagi avtomobillarga minib virtual olamda sayr qilishi mumkin. Kattalar haqiqiy Ferrari’da sayr qilib, tezlik ishtiyoqidan bahramand bo‘ladi. Avtomobil ixlosmandlari F1 poyga mashinalari g‘ildiragini tezkorlik bilan almashtirishi ham mumkin.
Chipta narxi kattalar uchun 295 dirhamdan (qariyb 82 AQSh dollari) boshlanadi, bolalar chiptasining boshlang‘ich narxi esa 230 dirhamni (63 dollar) tashkil etadi.
2019-yilda eng yaxshi ko‘ngilochar bog‘ nominatsiyasiga bir nechta Disney parklari, jumladan, Parij va Shanhaydagi bog‘lar, shuningdek, Floridadagi Uolt Disney ko‘ngilochish markazi nomzodlari qo‘yildi. Tanlovda Daniyadagi Legolend, Singapurdagi Universal Studios va Abu Dabidagi Warner Bros World parklari ham g‘oliblik uchun kurashdi.
Eng yetakchi mavzuli bog‘ maxsus nominatsiyasida Parijdagi Disneylend favorit deb e’tirof qilinayotgandi, lekin yakunda Ferrari World barchadan o‘zib ketdi.
Ferrari World’dagi manzara va muhit bolalarga ham, kattalarga ham birdek yoqadi. Tezlik hamda boshni aylantirib yuboradigan attraksionlar insonga butun umr yodda qoladigan taassurotlarni beradi.
Izoh (0)