Instagram layklar sonini yashirish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda, nazariyaga ko‘ra ushbu harakat foydalanuvchilar faolligini oshiradi. Bu haqda CNBC xabar bergan.

Foto: CNN

Ichki tadqiqotlar haqida Instagram’dagi mutaxassislardan biri CNBC nashriga ma’lumot bergan va foydalanuvchilarning kamroq layk yig‘gan postni tezda o‘chirib tashlashi ma’lum bo‘lganini bildirgan. Taxminlarga ko‘ra, hisoblagichlar bo‘lmasa foydalanuvchilar faollik bilan postlar yozib, ularning ommaviyligi haqida kamroq qayg‘uradi. Ushbu nazariyani amalda qo‘llagan Facebook rahbariyati kerakli natijaga erishgan.

CNBC nashri Instagram’ning layklar hisoblagichlaridan voz kechishiga rasmiy sabab ham borligini yozgan. Instagram rahbari Adam Mosseri ushbu choraga kiberbullingga qarshi kurash maqsadida o‘tilayotganini ma’lum qilgan.

Instagram layklar sonini ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkinligi haqida aprel oyida ma’lum qilingan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar e’tiborini layklar soniga emas, balki o‘zlari e’lon qilayotgan video hamda fotoma’lumotlarga e’tibor qaratishi tarafdori bo‘lmoqda.

Layklar sonini yashirish funksiyasini ayrim davlatlarda test qilish boshlangan, noyabr o‘rtalarida ushbu funksiya butun dunyoda sinovdan o‘tkazila boshlandi.

Bulling (inglizcha “do‘q qilish”, po‘pisa qilish”, “zo‘ravonlik”) — ijtimoiy mohiyati boshqalarni qo‘rqitish, kamsitish, jismoniy va ruhiy bosim qilish yo‘li bilan o‘ziga bo‘ysundirib olish.

Kiberbulling esa internet orqali virtual tarmoq foydalanuvchilarini, ayniqsa, yoshlarni haqoratlash, kamsitish va shu bilan birga, ularda bunday xatti-harakatlarga rag‘bat uyg‘otish jarayoni.