Fargo‘nalik 66 yoshli ayol H.E. 21 marta sudlangan. Har safar u bir xil jinoyat, ya’ni firibgarlik uchun sud qilingan. Bu haqda MY5 telekanalining “Markaziy studiya” axborot dasturi xabar berdi.

Ayolning 21-marta sudlanishiga odamlarning chorva mollarini firibgarlik yo‘li bilan olib qo‘ygani sabab bo‘ldi. Tergov harakatlari natijasida ma’lum bo‘lishicha, H.E.ning jinoiy harakatlari sababli uch kishi 52,5 million so‘m zarar ko‘rgan.

Sud Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida ayolga 5 yilu 2 oy qamoq jazosini tayinladi.