Rossiyalik mutaxassis Leonid Ostroushko 3-dekabr, seshanba kuni 83 yoshida olamdan ko‘z yumdi.
Ostroushko 1998—2001-yillar mobaynida O‘zbekistonda faoliyat yuritgan. Dastlab “Navbahor”da ishlagan (1998—2000-yillar) mutaxassis keyinchalik “Do‘stlik”ni boshqaradi (2000-yil). Ostroushko “Do‘stlik” bilan O‘zbekiston chempionati va Kubogini qo‘lga kiritadi hamda “Oltin dubl”ni qayd etgan ilk chet ellik mutaxassisga aylanadi.
Ostroushko shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi bo‘lib ham ishlaydi va terma jamoa boshqaruvidagi yagona o‘yinida Xitoy terma jamoasini mag‘lub etadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)