France Football nashri 2019-yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan “Oltin to‘p” sohibini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Shu tariqa Messi faoliyatidagi oltinchi “Oltin to‘p”ga ega chiqdi. O‘tgan yili ushbu sovringa “Real” yarim himoyachisi Luka Modrich loyiq ko‘rilgandi.
So‘rovnomada Virjil van Deyk (“Liverpul”) ikkinchi pog‘onani egalladi. Uchinni o‘rinni Krishtianu Ronaldu (“Yuventus) qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sadio Mane (“Liverpul”) kuchli to‘rtlikdan joy oldi.
“Oltin to‘p—2019” sovringa da’vogarlik qilgan futbolchilar kuchli o‘nligi bilan tanishing:
- Lionel Messi (“Barselona”)
- Virjil van Deyk (“Liverpul”)
- Krishtianu Ronaldu (“Yuventus)
- Sadio Mane (“Liverpul”)
- Muhammad Saloh (“Liverpul”)
- Kilian Mbappe (PSJ)
- Alisson (“Liverpul”)
- Robert Levandovski (“Bavariya”)
- Bernardu Silva (“Manchester Siti”)
- Riyod Mahrez (“Manchester Siti”)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)