Rossiya harbiy-havo kuchlari 2019-yil avgust oyida Suriyaning Xass shahri yaqinidagi ko‘chirilgan shaxslar uchun lagerga uyushtirgan hujumi oqibatida 19 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Foto: Macro Media Center

Nashr jurnalistlari guvohlarning foto-videolari va rossiyalik uchuvchilarning muloqotlari yozuvlarini solishtirib ko‘rib, shunday xulosaga keldi.

The New York Times manbalariga ko‘ra, lager jangovar harakatlar hududidan 10 kilometrdan oshiqroq uzoqlikda bo‘lgan. Uchuvchi ikki soat davomida uchta parvozni amalga oshirgan.

Rossiya mudofaa vazirligi mazkur maqolaga hozircha izoh bergani yo‘q.