Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 14-turi doirasida ilk uchrashuv “Nyukasl” hamda “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Foto: Twitter

O‘yinda hisobni 22-daqiqada Rahim Sterling ochdi. David Silvaning uzatmasini Sterling Martin Dubravka darvozasiga joylab qo‘ydi. Oradan uch daqiqa o‘tib Yetro Villems javob golini kiritdi. 82-daqiqada esa Kevin de Bryuyne o‘ta kuchli va aniq zarbasi bilan “Siti”ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 88-daqiqada esa Shelvi uzoq masofadan Ederson darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.

Shu tariqa tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar durangga rozi bo‘ldi. Ushbu natijadan so‘ng “Manchester Siti”ning ochkolari soni  29 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rindan joy olib turibdi. “Nyukasl” esa 16 ochko bilan 12-po‘gonani band qilgan.

APL

14-tur bahsi

30-noyabr, shanba

“Nyukasl” – “Manchester Siti” 2:2

Gollar: 0:1 – 22 Sterling, 1:1 – 25 Villems, 1:2 – 82 de Bryuyne, 2:2 – 88 Shelvi.

“Nyukasl” – Dubravka, Klark, Mankilyo, Dammett, Fernandes, Almiron, Heyden, Shelvi, Sen-Maksimen (Atsu, 80), Villems, Joelinton (Geyl, 69).

“Manchester Siti” – Ederson, Stounz, Mendi, Uoker, Fernandinyo, de Bryuyne, Silva (Foden, 70), Marez (Bernardu Silva, 69), Gundo‘g‘an, Sterling, Gabriel Jezus (Rodri Ernandes, 84).

Ogohlantirishlar: Gundo‘g‘an (24), Fernandinyo (53), Mankilyo (73).