Myunxenning “Bavariya” klubi 2020-yil yozida “Liverpul” yetakchisini sotib olishi mumkin, deb yozmoqda AS.
“Bavariya” Saloh uchun PSJ bilan kurash olib borishiga to‘g‘ri keladi. Boisi parijliklar ham misrlik futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda.
“Liverpul” o‘z yetakchisini 200 million yevroga baholamoqda. Salohning Mersisayd klubi bilan shartnomasi 2023-yil 30-iyuniga qadar tuzilgan.
Muhammad joriy mavsum “Liverpul” safida Angliya Premyer Ligasining 11 ta o‘yinida qatnashib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)