Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Transport vazirligining vakillari tomonidan ma’lum qilinishicha, aviachiptalar narxining 30—40 foizi kerosin bilan bog‘liq, mazkur yoqilg‘i mamlakatda yetarli bo‘lmagani uchun xorijdan qimmat narxlarda sotib olinadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Vazirlikning Transportni rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ulug‘bek Bektoshev tomonidan qayd etilishicha, chet eldan kelgan samolyotlarga kerosinning bir tonnasi 1200 dollardan sotilar edi. Bugungi kunda yangi tizimga ko‘ra, Uzbekistan Airways kompaniyasi o‘zi uchun kerosinni sotib olmoqda. Xorijiy aviakompaniyalar uchun esa yangi narx belgilangan bo‘lib, u taxminan 890 dollarni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, hozirda mamlakatdagi 11 ta xalqaro aeroportda aviakompaniyalar uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lib, Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati kerosinni import qilib sotmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak