O‘zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 21-noyabr kuni Chimkent shahrida qurilayotgan obyektning tom qismi qulashi natijasida jarohatlangan 5 nafar o‘zbekistonliklar 3-son shahar shifoxonasiga joylashtirilgan. Ikki nafar o‘zbekistonlik reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Ma’lum qilinishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olib, hududiy hokimiyat organlari va tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatgan.
Mavzuga doir: Chimkentdagi qurilishda tom qulashi oqibatida 6 nafar o‘zbekistonlik ishchi jarohat oldi
Qayd qilinishicha, qurilish loyihasiz va ruxsatsiz boshlangan. Qoratov tumani hokimi Abzal Aliqulov hodisa quruvchilik me’yorlari buzilgani sababli yuz berganini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)