“Onajon”, “To‘ying kuni to‘yib yig‘ladim”, “Yangalar” kabi qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Erkin Xudoyqulov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Xonanda Erkin Xudoyqulov suhbat davomida bugungi kunda ba’zi o‘quvsiz xonanda va sozandalar haqida, ular bilan bo‘lgan kulguli vaziyatlar haqida gapirdi.

Ba’zi sozandalar umuman chalishni bilishmaydi. Bir kuni ‘Ko‘hinur’ ga birrovga borib qoldim, qo‘shiq aytib turibman. Menga ‘Lazgi’ni ayt deyishdi. Orqaga o‘girilsam gitarist bola turibdi, san’atkorlar biladi, yuqori pardaga tushib olish uchun ‘Lya’ ni ‘Sol’ ni ber deyishadi. ‘Sol’ ni ber degandim, jim turibdi, keyin gitarani shunday yechdi-da, sahnadan tushib ketdi. Men uni noto‘g‘riroq gapirib, xafa qilib qo‘ydim deb o‘yladim. Keyin klavishga qarab ‘Sol’ ni ber degandim, notani ushlab turdi, qo‘shiqni endi boshlayotsam, boyagi guitarist bola oldimga kelib, ‘Assalomu aleykum, mana olib keldim’ beb manga tuzni ko‘rsatyapti. Bunday  yaxshilab qarasam, tuz olib kelibdi. ‘Sol notani ber’, desam, u ‘tuz olib kel’ deb tushungan ekan. Hayratda qoldim. Mana san’at, mana sozandalarni ahvoli.

Hozir san’atni masxarabozchilikka aylantirib tashlashdi. O‘sha paytlarda ‘hali bu yosh, chalg‘imasin, boshqa yo‘lga kirib ketmasin, ashula aytib yuraversin’ degan gaplar bor edi. Ya’ni ashulachi bo‘lib yuraversin deyishgan. Mayli, yuraversin, lekin yurishni oqibati nima bo‘lyapti. U ashulachiyammas, shou - biznes dedik, biznesni ham me’yori bor. Har bir kasbda chegara, me’yor bor. Undan ko‘ra, ashula aytib yurmasin endi kredit boshqa narsalar bor, zo‘r bunyodkorlik ishini qilsin undan ko‘ra. San’atni buzib nima qiladi. Nima bo‘lsa ham, osongina san’atga kirib olishsa bo‘ldi.

Erkin Xudoyqulov, xonanda