• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Ahad Qayum o‘g‘ri shoirmi? Bobur Bobomurod Ahad Qayum haqida tarqalgan gap-so‘zlarga munosabat bildirdi (video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Sinishimni sog‘indi kimlar?”, “Man yana man”, “Yana sog‘indim, yana”, “Jiyda gullari”, “Yig‘lama, o‘zimning farishtaginam” kabi ko‘plab xit qo‘shiqlar muallifi bo‘lgan Ahad Qayum haqida “she’rlarni o‘zi yozmaydi”, “o‘g‘ri shoir” mazmunidagi gap-so‘zlar tarqalgan.

    Bobur Bobomurod suhbat davomida shogirdi Ahad Qayum haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

    https://youtu.be/2IkjAOeyBRM?t=1h3m28s

    Men shu yigitga qoyil qolganman. U mening oldimga shoir bo‘laman deb kelmagan. Qo‘shiq aytaman deb kelgan. Qo‘shiq uncha o‘xshamadi. Keyin aktyor bo‘laman deb o‘zini sinab ko‘rdi. O‘sha paytda aktyorlik, kinolarda rol o‘ynash qiyin edi. O‘shanda mashhur bir xonandani ofisida ishlab turganda, ‘sen kelgan she’rlarni yig‘ib tur, kompyuterga yozib turgin, senga ish shu’, deganman.

    Xonandalarga juda ko‘p she’r keladi, men o‘zim ham guvohi bo‘lganman. Kimdir daftarda, kimdir qog‘ozda, yana kimdir kitobda xonandaga she’r yuboradi. U she’rlar xonandaning esidan ham chiqib ketadi. Kim yozganini, nima yozganini bilmaydi, chunki ko‘pchilik xonandalar kitob o‘qimaydi. Studiyaga boradi-da, tayyor matnni aytib berib, fonogrammaga tushib ketaveradi. Uni yodlab ham o‘tirmaydi. Ko‘pchiligi shu, lekin she’rning ma’nosini ko‘ndalangiga ham, bo‘yiga ham, eniga ham ko‘radigan hofizlar ham bor. Bu alohida mavzu. Lekin hozir Ahad haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘sha paytda u yoshligiga borib, haqiqatan ham qiziqib bir-ikkita she’rlarning bandiga o‘zgartirish kiritgan. Baribir mehnat qilgan. To‘rt bandni u yoqdan olib, sakkiz bandni o‘zi qo‘shgan.

    ‘She’rlarni to‘g‘irlab bering’, deb menga ham olib kelishadi, lekin men to‘g‘irlab bergan she’rlarimga hech qachon o‘z nomimni qo‘ymaganman. Qo‘yishga or qilaman. Keyin men Ahadga aytdim, ‘Yaxshimi, yomonmi noming chiqdi. Ahad Qayum bo‘lding, endi uka, kitoblarni olginda, o‘qigin. Yaxshi baza bo‘lsa, o‘zingni ham qo‘ling kelishib qoldi’, dedim. Keyin u menga ‘bir-ikki yil vaqt bering’, dedi.

    Ahad kitoblarni o‘qib, ancha qalami ham kelishib qoldi. O‘z ustida ishlay boshladi. Lekin o‘zi ham shoirlikka da’vo qilmaydi, ‘men aktyorman’, deydi. Hozir ham o‘z ustida ishlasa, u yigitda qobiliyatni sezaman.

    Balki, u o‘shanda mashhur bo‘lish uchun, o‘zini topish uchun shunday harakat qilgandir. Men uni kechiraman, balki uni she’r egalari kechirmas. Lekin mehnat qilganini baribir tan olish kerak. O‘zimga ham she’rlarimdan ta’sirlanib yozganini aytgan. ‘Shu yigit foydalansin’, deb o‘shanda yarim ruxsat berib qo‘yganman. ‘Lekin o‘zingni tezroq yig‘ishtirib olgin, bo‘lmasa baloga qolib ketasan’, deganman. Chunki bizda shunaqa, bir kishini yomon ko‘rsak, uni oxirigacha u-bu narsa qilib, ezib tashlamagunimizcha qo‘ymaymiz. Holbuki, unga sal imkoniyat bermaymiz.

    Men hakam emasman, uni to‘g‘ri ham demayman, chunki bu narsa odamzotning o‘ziga, iymoniga, saviyasiga havola. Shuni o‘ziga ep ko‘rdimi, shunga yarasha javob oladi.

    Bobur Bobomurod, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

    19.11.2019, 17:42   Izoh (0)   69855
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aktrisa Gavhar Sharipova harakatlanib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgani oqibatida vafot etgani aytilmoqda

    19.11.2019, 15:50

    Aktrisa Gavhar Sharipova olamdan o‘tdi

    19.11.2019, 13:55

    Xonanda Erkin Xudoyqulov san’atdan ko‘ngli qolib Dubayga ketgani, ijodiy tanaffusiga sabab bo‘lgan ishlar haqida gapirdi (video)

    19.11.2019, 08:14

    “Amalga talpinganida boshqacha bo‘lardi”. Shoir Bobur Bobomurod uysiz shoir Mirzo Karim haqida gapirdi (video)

    17.11.2019, 21:41

    “Hamma shoirga bersin”. Bobur Bobomurod Andijon hokimi Nexia sovg‘a qilgan shoir va uni maddoh deyayotganlar haqida gapirdi (video)

    17.11.2019, 20:38

    “Ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelsin”. Lola xonandalarga litsenziya beruvchi komissiya faoliyatini ko‘rsatuvchi klip ishladi (video)

    13.11.2019, 13:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00

    Rossiya o‘rmonida boshiga qop kiydirilgan holda o‘g‘irlangan o‘zbekistonlik oshpaz topildi

    Dunyo | 16 avgust, 11:59

    Yangi Porsche, brilliant va qimmatbaho liboslar: Krishtianu Ronaldu Jorjinaga 366 ming dollarlik sovg‘alar xarid qildi

    Layfstayl | 16 avgust, 11:42

    Aliment to‘lamay qamalgan otaning qarindoshlari MIB xodimlari bilan janjallashdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:20

    “Zakovat” bo‘yicha III Osiyo ochiq chempionati Bishkekda start oldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 11:01

    Tramp: “Zelenskiyga maslahat — kelishuv tuzish”

    Dunyo | 16 avgust, 10:59

    Toshkentda spirtli ichimliklar do‘koni oldida janjal yuzaga keldi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 10:44

    Nursulton Ro‘ziboyevning Brayan Battlga qarshi jangi bekor qilindi

    Sport | 16 avgust, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.