Jizzax viloyatidagi Mudofaa vazirligiga qarashli “Forish” tog‘ poligonida besh kun davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy xizmatchilari hamkorligida tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha amaliy va taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Unda O‘zbekiston va Qozog‘iston Mudofaa vazirliklari tog‘ tayyorgarligi o‘quv markazining etakchi mutaxassislari ishtirok etdi.

Dastlabki kuni tashkillashtirilgan yig‘ilishda Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi bo‘limi boshlig‘i mayor Zokir Yallakayev hamkorlikda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar dasturi va ularda qo‘llaniladigan yangi anjomlardan foydalanish qoidalari bilan tanishtirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Xalqaro mashg‘ulotlarning navbatdagi jarayonlari Forish tog‘larining tik qoyalari va oddiy sharoitda o‘tish qiyin bo‘lgan daralaridagi amaliy hamda taktik mashqlar ostida kechdi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Harbiy xizmatchilar qozog‘istonlik hamkasblari bilan birgalikda tog‘ sharoitida qutqaruv ishlari, jangovar qurollar bilan qoyaga ko‘tarilish va tushish, tungi sharoitda nishonlarga aniq o‘q otish, shartli dushman guruhini qurshovga olish va yo‘q qilish kabi turli vazifalarni bajardi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Mashg‘ulotlar yakunida qozog‘istonlik harbiylar uchun Samarqand shahri tarixiy obidalari bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Mehmonlar Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim va Xoja Doniyor majmualarini ziyorat qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti