Italiya markaziga, Adriatika dengizi qirg‘oqlari yaqinida joylashgan hududlarga apelsin kattaligidek keladigan do‘l yog‘di, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Twitter / Keraunos

Do‘l Abrutsso viloyatidagi Peskara komunnasiga yoqqan. Ulkan do‘llarning yog‘ishi oqibatida 18 kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ular orasida yuzi va boshidan jarohat olgan homilador ayol ham bor.

Ma’lum qilinishicha, jabrlanganlarning aksariyatining boshi yorilgan.

Shuningdek yomg‘ir sabab Peskara shifoxonasining birinchi qavatini suv bosgan, operatsiyalar to‘xtatilgan.

Bundan tashqari shifoxona xodimlarining mashinalari uchun mo‘ljallangan avtoturargoh ham suv ostida qolgan. Maydondagi suvning balandligi 2 metrga yetganligi aytilmoqda.