Tabiat cheksiz kuchga ega va u har doim ham buni namoyon etmaydi. Ba’zan bunday kuchlar dahshatli halokatga yoki insonlar o‘limiga olib kelishi mumkin.

Asperatus nomi bilan ma‘lum bo‘lgan bunday bulutlar alohida tur sifatida qo‘rqinchli turdagi bulutlarning noyob turi hisoblanadi.

Foto: Big Picture

Olimlarning aniqlashicha, asperatus bulutlari XXI asr boshlaridagina tez-tez paydo bo‘la boshlagan. Dahshatli ko‘rinishiga qaramay, bunday bulutlar undulatus nomli eng yaqin bo‘lgan turdagi bulutlardan farqli o‘laroq, momaqaldiroq va bo‘ron bilan birga kelmaydi.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

So‘zma-so‘z tarjima qilinganda undulatus asperatus qo‘pol yoki bo‘rtma tog‘lar degan ma’noni anglatadi. Bunday bulutlar, ayniqsa, AQShda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha kunning ertalab va tushdan keyingi vaqtlarida paydo bo‘ladi.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

2009-yildan beri Britaniya Qirollik meteorologiya jamiyati asperatus bulutlari qanday paydo bo‘lishini va undulatus bulutlaridan qanday farq qilishini o‘rganish uchun ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture

Foto: Big Picture