Boliviyaning iste’foga chiqqan prezidenti Evo Morales Moskva bilan aloqaga chiqmagan va Rossiyadan boshpana so‘ramagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Foto: Reuters

Uning aytishicha, Kreml barchani tinchlanishga chaqiradi va Boliviyadagi vaziyat qonun doirasida rivojlanishiga umid qiladi.

“Albatta, boliviyaliklar o‘z taqdirlarini o‘zi, uchinchi davlatlar aralashuvisiz hal qiladi deb o‘ylaymiz”, — dedi Peskov.

Ma’lumot uchun, Rossiya Davlat dumasi xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Aleksey Chepa Boliviyada AQSh tomonidan uyushtirilgan davlat to‘ntarishi ro‘y berganini bildirdi.