Pokiston armiyasi o‘z kuchini mustahkamlab bormoqda va Hindistonda konstitutsiyaning 370-moddasi bekor qilinib, Jammu va Kashmir shtat maqomidan mahrum etilgach, ushbu hududga yaqin yerga artilleriya qo‘shinlarini joylashtirishda davom etmoqda. Shu bilan birga ushbu hududdagi harbiylar soni ham o‘sib bormoqda. Hindlarning tahliliga ko‘ra, hududdagi nazorat chizig‘ida Pokistonning 90 ming nafar harbiysi joylashgan, hind askarlarining soni esa 1,13 millionni tashkil etadi, deb yozgan “Regnum”.
Hindiston ham bo‘sh kelayotgani yo‘q va nazorat chizig‘ida faol harakatlarni davom ettirmoqda. Hindiston qurolli kuchlari chegara atrofiga 100 ming nafar harbiyni joylashtirgan. The Economic Times gazetasining harbiy manbalariga tayanib yozishicha, hindlarning ushbu faolligi Jammu va Kashmir viloyatlariga Pokiston hududidan terrorchilar kirib kelayotgani bilan bog‘liq.
Mavzuga doir: