Boliviya rahbari Evo Morales mamlakatda yangi prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Men Boliviya xalqi ovoz berish yo‘li bilan yangi hukumatni saylashini ta’minlash uchun saylovlarni chaqiraman. Barchadan hozirgi taranglik pasayishi uchun harakat qilishini so‘rayman. Barchadan tinchlik-osoyishtalikni kafolatlashini so‘rayman.Moralesning aytishicha, saylovlarni Oliy saylov sudining yangi tarkibi o‘tkazadi.Evo Morales, Boliviya rahbari
Ma’lumot uchun:
Amerika davlatlari tashkiloti auditorlar guruhi joriy yil 20-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasini tasdiqlay olmasligi, shu sababli yangi saylovlar o‘tkazishni tavsiya qilishi bildirilgan hisobotni e’lon qilgandi.