Dunyo mamlakatlarining jami qarzi (davlat va xususiy sektor qarzlarini o‘z ichiga oladi) rekord summa — 188 trillion dollar yoki jahon yalpi ichki mahsulotining 230 foiziga yetdi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktori Kristalina Georgiyeva ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: AP

Uning aytishicha, qarzdorlikning uchdan ikki qismi xususiy sektorga to‘g‘ri keladi.

“Rivojlanayotgan mamlakatlar davlat qarzi oxirgi marta 1980-yillarda kuzatilgan qarz tangligidagi darajada bo‘lib turibdi. Kam daromadli davlatlarda oxirgi 5 yil davomida qarzdorlik keskin kuchaydi”, — dedi jamg‘arma rahbari.

XVJ ekspertlariga ko‘ra, kam daromadli davlatlarning deyarli yarmi — 43 foizi qarzdorlik muammosiga duch kelish xavfi ostida yoki hozirning o‘zida qashshoqlik holatida.