Assalomu alaykum, qadrli do‘stlar! Sizlar bilan ayollardagi soch to‘kilishi muammosiga yechim berish maqsadida o‘z tajribalarimni o‘rtoqlashmoqchiman.

Ko‘pchiligimiz toki xavotirli holatga aylangunga qadar sochlarimizni taraganimizda taroqda qolgan, uyqudan uyg‘onganimizda yostiqqa to‘kilgan yoki dush qabul qilganimizda boshimizdan to‘kilgan sochlarga unchalik ham e’tibor bermaymiz.

Yoshim 28 ga kirganida bunday kasallikka duchor bo‘laman deb hech o‘ylamagan edim. Sochlar to‘kilishi bizga ba’zan bilinmaydi: sochlarning tabiiy to‘kilishidan xavotir olishga o‘rin ham yo‘q. Shifokorlarning aytishicha, har bir inson o‘rtacha kuniga 100 tolagacha sochi yo‘qotadi va bu normal holat.

Suhbatdoshim boshimga qarab, to‘kilgan sochlar o‘rnida qolgan bo‘shliqqa e’tibor bera boshlamagunicha men o‘zimda soch to‘kilishi muammosi borligini, hatto, sezmagan ham edim. Shundan so‘ng menda kuchli xavotir boshlandi! Sog‘lom va to‘lqinli sochlarim endilikda xuddi “sichqonning dumiga” o‘xshab qoldi.

Ishlatmagan usullarim qolmadi; mahalliy va kosmetik usullarni qo‘llab ko‘rdim. Ammo, birortasi sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatmadi. Tutam-tutam to‘kilgan sochlarim gilamda, yopinchiqda va rakovinada qolib ketardi. To‘g‘risini aytganda, sochimni to‘kilishini to‘xtata olishimga bo‘lgan umidim allaqachon so‘ngan edi. Ayniqsa, bizning oilamizda, otam va bobomda ham sochlarning to‘kilishga bog‘liq irsiy kallik mavjud edi.

Yaqinda menga ayollar uchun soch to‘kilishiga qarshi Minox 2 losyon spreyini sovg‘a qilishdi va qo‘shimchasiga zuluk va kofein ekstraktiga ega Biokon shampunini o‘zim uchun kashf qildim.

Preparatdan spirt hidi aralash o‘simlik hidi keladi. Preparat tarkibi asosan minoksidin moddasidan tashkil topgan (shu sababli ham vositaga MINOX nomi berilgan).

Minoxidin - soch follikulasi ichidagi metabolizmni yaxshilovchi vosita. U qon aylanishini yaxshilaydi va sochni oziqlantirib, o‘sishini faollashtiradi. Bundan tashqari, vosita tarkibidagi Hyperin va qichitqi o‘t ekstrakti soch terisini namlab, yumshatish xususiyatiga ega.

Bu vositalarni quyidagicha foydalandim: losyonni kuniga ikki mahal bosh terisiga surtar edim. Buning uchun 0,5 sm uzoqlikdan 7-8 marotaba vositani boshimga purkar edim. Shuni yodda tutish lozimki, vosita sochlarga emas, balki aynan sochning terisiga, ya’ni bosh terisiga surtish kerak bo‘ladi. Ana shundagina vosita sochlarning ildizlarini rag‘batlantirib, yangi sochlar o‘sishiga turtki bo‘ladi. Inyeksiyadan so‘ng bir oz vaqt o‘tgach, men boshimni uqalab sochlarimni tarab qo‘yar edim. Vosita tezda quriydi va dog‘ va hidlar qoldirmaydi. Sochlarimni yuvganimda esa faqat Biokon shampuni dan foydalanganman.

Losyonni ishlatishdan avval sochlarim mana shu holda ko‘rinar edi.

Shunday qilib Minox losyoni bilan Biokon shampunini ishlatganimga 2 oy bo‘lgandan so‘ng sochlarim rasmdan o‘ngdagi ko‘rinishga keldi.

Ushbu vosita rostdan ham menga yordam berdi. U nafaqat sochlarimni to‘kilishini to‘xtatdi, balki uni qayta tiklashimga ham yordam bera oldi. Biokon shampuni bilan sochlarimni yuvganimdan so‘ng sochlarim mayin va ipakdek noziklikka ega bo‘ldi. Oradan 2 oy o‘tdi (aynan shunday muddat uchun bor-yo‘g‘i 2 shisha vosita kifoya edi) shundan so‘ng sochlarim qalin va mustahkam bo‘ldi.

Bundan tashqari, men Biokondan zuluk ekstrakti va kofein moddalaridan tarkib topgan, soch to‘kilishiga qarshi shampunni ishlatdim.

Biokon shampuni soch ildizlarini davolashda Minox 2 sprey losyoniga ko‘mak beradi. Natija rasmlarimda aks etgani kabi yomon emas.

Ha aytgancha, men 1 oyga yetadigan Minox 2 ayollar uchun losyonini OxyMed va 999 dorixonalaridan deyarli 200.000 so‘mga shuningdek, zuluk va kofein tarkibli Biokon shampunini 75.000 so‘mga sotib olgan edim.

Shunday mo‘jizakor vosita uchun ishlab chiqaruvchilarga katta rahmat. Barchaga ushbu vositani tavsiya qilaman. Mening akam ham Minox 5 erkaklar uchun losyonini sotib olib, chinakam natijaga erisha oldi. O‘rtoqlariga ham tavsiya qilib, ko‘plarning dardiga shifo bo‘ldi.

FacebookOdnoklassnikiInstagramTelegram

Telegram buyurtma: Telegram

Reklama huquqi asosida!