Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining 2-bosqich uchrashuvi doirasida 29-oktabr, seshanba kuni Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi safarda “Boxum”ga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning 36-daqiqasida Myunxen klubi yarim himoyachisi Alfonso Devis o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, 83-daqiqaga kelib mehmonlar vakili Serj Gnabri hisobni tenglashtirdi (1:1). O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganda zaxiradan maydonga tushgan Tomas Myuller jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa “Bavariya” mehmonda kechgan bahsda quyi divizion vakili bo‘lmish “Boxum”ni 2:1 hisobida bazo‘r mag‘lub etdi.
Ta’kidlash joiz, bellashuvning 88-daqiqasida “Boxum” himoyachisi Armel Bella-Kochap hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.
Germaniya Kubogi
2-bosqich bahsi
29-oktabr, seshanba
“Boxum”—“Bavariya” 1:2
Gol: 1:0 — 36, avtogol Devis, 1:1 — 83 Gnabri, 1:2 — 89 Myuller“Boxum”: Rimann, Dekarli, Bella-Kochap, Danilo Soares, Chelotssi, Teshe, Li Chxon Yon (Vinsxaymer, 67), Losilla, Blum, Ganvula, Soller (Osei-Tutu, 78)
“Bavariya”: Noyer, Pavar, Boateng, Kimmix, Perishich (Levandovski, 46), Alkantara, Gnabri, Goretska (Koutinyo, 57), Koman, Tolisso (Myuller, 65), Devis
Ogohlantirishlar: Li Chxon Yon (30), Losilla (50)
Chetlatish: Bella-Kochap (88)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)