Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 8—16-oktabr kunlari Toshkent shahrida Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamg‘arma kassalari fondi (Sparkassenstiftung für international Kooperation) tashabbusi bilan tashkil etilgan “Jamg‘arma” rejali o‘yini uchun “Treninglar uchun trening” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlangan “Mikrokreditbank” ATBning 5 nafar xodimi Jamg‘armaning taklifiga binoan joriy yilning 4—11-noyabr kunlari Germaniyada (Valdxauzenda, Raynland Pfalts) tashkil etiladigan qiziqarli va keng qamrovli muhim malaka oshirish tadbirida ishtirok etadi.

Dastlab tashrif Valdxauzendagi Jamg‘arma kassalar akademiyasida bo‘ladi. Intensiv ravishda trenerlar malakasini oshirish bilan birga o‘ziga xos ravishda tashrif dasturida Germaniya qishloq xo‘jaligi dolzarb mavzulariga doir bir qator amaliyotga nazar tashlash ekskursiyalari ham o‘rin olgan.

Tashrif doirasida Bingen Texnika oliygohiga tashrif chog‘ida Qishloq xo‘jaligi fakulteti va Ekologiya fakulteti, professor bilan diskussiya va Vandelinxof eksperimental xo‘jaligiga tashrif rejalashtirilgan.

Bundan tashqari Bopparddagi Biogaz qurilmasi, Soonvald sut fermasi, Vino zavodi, Qishloq ayollar uyushmasi “Qishloq xo‘jaligida turizm” va “Appel Xappel” oilaviy tashkiloti, meva yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan tipik Bio dehqon uyiga tashrif buyurilib, bevosita ko‘zdan kechiriladi, shuningdek Power to Gas–qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan energiya olishda foydalanish jarayonlari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?