“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga Toshkent davlat yuridik universitetida maxsus sirtqi ta’lim shakli ochish taklifi haqidagi petitsiya joylashtirildi.

Foto: “Gazeta.uz”

“Hozirgi kunda viloyatlarda yuridik sohada o‘qigan o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar juda ko‘p. Ularda amaliyot yetarlicha bo‘lsa-da, lekin ma’lumoti oliy emas. Shularni hisobga olib, Toshkent davlat yuridik universitetida maxsus sirtqi ta’lim shaklini ochish kerak”, — deb yozadi murojaat muallifi.

Bildirilishicha, unga yurisprudensiya sohasida 5 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni suhbat asosida qabul qilish amaliyotini joriy etish kerak.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Toshkent davlat yuridik universitetida maxsus sirtqi ta’lim shaklini ochishni taklif qilamiz”, — deya yakunlangan petitsiya.