Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov “Togri.uz” sayti faoliyati to‘xtatilganiga munosabat bildirdi.

Foto: Facebook / Komil Allamjonov

Shuni alohida qayd etish kerakki, ‘Togri.uz’ sayti faoliyati to‘xtatilgani bu ta’sischilarning ichki va shaxsiy masalasi bo‘lib, siyosiy sabablarga aslo bog‘liq emas.

Shu bilan birga, agentligimiz yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarining soni yanada ko‘payishi, ularning senzuradan holi, erkin faoliyat ko‘rsatishi tarafdori bo‘lib, buning uchun biz barcha imkoniyatlarni yaratishga tayyor ekanligimizni ta’kidlamoqchiman.

Axborot makonidagi raqobat va xilma-xillikdan eng avvalo, xalqimiz va davlatimiz manfaatdor bo‘ladi. Xolis, ma’lum bir shaxslar maqsadlari uchun emas, balki el-yurt farovonligiga xizmat qiladigan OAVlar rivojlanaversin va ko‘payaversin!

Komil Allamjonov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi axborot saytlaridan biri bo‘lgan “Togri.uz” o‘z faoliyatini to‘xtatgan edi. Sayt muharriri Xurshid Yo‘ldoshevga ko‘ra, 14-oktabr, dushanba kuni o‘z jamoasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan hamda unda direktor loyihani moliyalashtirish to‘xtatilganini ma’lum qilgan.