Bosh prokuratura Akademiyasi va Elsevier kompaniyasi o‘rtasida 10-oktabr kuni hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Memorandumda ta’lim, ilmiy-tadqiqotchilik sohasida hamkorlik aloqalarining asosiy yo‘nalishlari va shakllari belgilangan.
Shuningdek, Elsevier mintaqaviy direktori A.Ospanova tomonidan “Xalqaro standartlar asosida ilmiy maqolalar tayyorlash” mavzusida master-klass o‘tkazilgan. Unda xalqaro standartlar asosida ilmiy maqola yozishning o‘ziga xos xususiyatlari tushuntirilgan.
Bundan avval, 7-oktabrda Akademiya xodimlari Elsevier kompaniyasining Uzbekistan Research Online – O‘zbekistonning ilk raqamli retsenziyalanadigan ilmiy jurnallar platformasi ochilish marosimida ishtirok etgan.
Unda Bosh prokuratura Akademiyasining Scopus xalqaro standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan ProAcademy retsenziyalanadigan ilmiy jurnali taqdim qilingan. Kelgusida mazkur jurnal Digital Commons Network global tarmog‘iga integratsiya qilinishi aytilmoqda.
Izoh (0)