Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining 7-oktabrdagi buyrug‘iga asosan, Sherpo‘lat Boyqulov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lumot berishlaricha, Sherpo‘lat Boyqulov 1974-yil 7-mayida Sherobod tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Termiz davlat universitetini, 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — agroximik-tuproqshunos, iqtisodchi.

U faoliyati davomida viloyat hokimligida bo‘lim mudiri, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i, viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi lavozimlarida ishlagan.