Toshkentning Bektemir tumani, Olmos ko‘chasi 36-uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in haqida 8-oktabr, seshanba kuni soat 17:57 da xabar kelib tushgan.

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati

Voqea joyiga soat 18:05 da ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 18:09 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, yong‘in o‘chirish avtoekipajlari yuqorida ko‘rsatilagan manzilga yetib borgunga qadar uy egasining 4 yoshli o‘g‘li A.A. yong‘in vaqtida olgan kuyish tan jarohati sababli shifoxonaga olib ketilganligi ma’lum bo‘lgan.

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati

Yong‘in oqibatida 8 kvadrat metr maydonda somon presslari yongan.

Hodisaga nazoratsiz qoldirilgan yosh bolaning gugurt o‘ynashi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.