O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan boshlab mineral suv importi uchun bojlar miqdori oshiriladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2-oktabr kuni imzolangan qaror bilan tasdiqlangan, deya xabar bermoqda Spot.
Bunda gap kodi TN VED 2201 bo‘lgan mahsulotlar — “Suvlar, xususan tabiiy yoki sun’iy mineral, gazlangan, shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki ta’m-hidli moddalar qo‘shilmagan; muz va qor” haqida bormoqda.
Hozirgi vaqtda ushbu mahsulotlarni olib kirganlik uchun boj miqdori mahsulot bojxona qiymatining 30 foizini tashkil etadi. 2020-yil 1-yanvaridan boshlab esa boj miqdori aprel oyida taklif qilingan loyihadagidek — 50 foiz, lekin bir litri uchun 0,25 dollardan kam miqdorda belgilanadi (amaldagi tartibda minimal ko‘rsatkich yo‘q).
Avvalroq 2020-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda qimmatbaho avtomobillar importi uchun belgilangan imtiyozlar bekor qilinishi haqida xabar berilgan edi.