6-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Le Grand Plaza mehmonxonasi yaqinida sport-o‘yin majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Arg‘imchoqlar, tepaliklar, yo‘l harakati belgilari, shuningdek stritbol zonasi va to‘laqonli vorkaut-trenajerlari bilan birgalikdagi sport maydonchasi, Hyundai Auto Asia kompaniyasi tomonidan shahar aholisiga sovg‘a bo‘ldi.
Kompaniya dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilishda ishtirok etish, jamiyat talab va istaklariga javob berishga tayyor bo‘lish zamonaviy biznesning barqaror rivojlanishi uchun muhim shartlar ekanligiga ishonadi.
Sport-o‘yin majmuasi birinchi navbatda bolalar va yoshlarga mo‘ljallangan. O‘yin maydonchasi bolalarga yo‘l harakati qoidalarini o‘yin shaklida o‘rganishga imkon beradi, stritbol va vorkaut yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning jismoniy tarbiyasini oshirishga yordam beradi.
Odatdagi tepaliklar va arg‘imchoqlar bilan bir qatorda bolalar maydonchasida svetoforlar, yo‘l belgilari, o‘tish joylari va hatto maydonchada barcha bolalarning sevimlisi Poli Robokar stendi ham mavjud.
Stritbol zonasi to‘p bilan o‘ynash uchun zarur elementlar bilan jihozlangan, vorkaut zonasida esa barcha mavjud sport trenajerlari joylashgan.
O‘yin maydonchasining ochilish marosimida Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsisligi xodimlari bolalarga piyodalarning yo‘lda to‘g‘ri harakatlanishi to‘g‘risida o‘yin shaklida gapirib berdilar, shundan so‘ng animatorlar bolalar bilan birgalikda yo‘l harakati qoidalariga bag‘ishlangan qiziqarli mashg‘ulot o‘tkazdilar.
Stritbol zonasining ochilishiga basketbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Botir Mirodilov o‘z jamoasi bilan birgalikda tashrif buyurdi. Sportchilar master-klass namoyish etdilar va tashrif buyurgan mehmonlar o‘rtasida stritbol bo‘yicha mini-turnir tashkil etdilar.
Tadbir san’at bayrami bilan yakunlandi, unda bolalar avtotyuning bo‘yicha dizaynerlar sifatida ishtirok etishdi va haqiqiy Hyundai Elantra avtomobilini bo‘yashdi.
Ta’kidlash joizki, sport-o‘yin majmuasi barcha shahar aholisiga bepul foydalanishlari uchun mavjud — Hyundai Auto Asia mamnuniyat bilan barchani sport bilan shug‘ullanishga taklif etadi!
Ijtimoiy tarmoqlar uchun qo‘shimcha:
Maydonchaga tashrif buyurganingizda, suratga olishni va ularni noyob xashteglar bilan birgalikda qo‘yishni unutmang, bu bolalarning yo‘l harakati qoidalarini o‘rganishga va yoshlar orasida sport bilan shug’ullanishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga imkon beradi.
#Хёндэдети
#Хёндэстритбол
#Хёндэворкаут
Sayt: hyundai-auto.uz
Reklama huquqi asosida.