Alp tog‘larida yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Parvoz chog‘i havo kemasi tog‘-chang‘i ko‘targichi simlariga o‘ralashib qolgan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: EVN

Hodisa Italiyadagi Prato-Valentino kurortida 6-oktabr kuni ro‘y bergan, biroq qutqaruvchilar bu haqda uch kundan so‘ng xabar bergan.

Samolyot bortida ikki kishi — uchuvchi va yo‘lovchi bo‘lgan. Uchuvchi halokat chog‘i kabinadan otilib ketgan va jarohatlangan. Yo‘lovchining jabrlanmagani aytilmoqda.