Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan va 7777 qimmatbaho tosh bilan bezatilgan brilliant uzuk BAAning Sharja amirligida o‘z ishini boshlagan Watch & Jewellery Middle East Show xalqaro ko‘rgazmasiga qo‘yildi.
Uzuk nilufar guli shaklida bo‘lib, 27 ta yaprog‘iga 7777 brilliant qadalgan.
Uning qiymati 18 million dirham (4,9 million dollar) baholanmoqda. Uzuk 12 nafar ustadan iborat jamoa tomonidan tayyorlangan va bunga 18 oy vaqt ketgan.
Qimmatbaho buyumni Hindistonning Bhandari kompaniyasi stendida tomosha qilish mumkin. Ko‘rgazma 6-oktabrga qadar davom etadi.
Izoh (0)