Bosh prokuraturaga “ML” MChJ rahbari kredit ajratishda amaliy yordam so‘rab yozma murojaat qilgan, deb xabar beradi idora matbuot xizmati.
Shundan so‘ng, tadbirkorning farmatsevtik preparat ishlab chiqaruvchi uskunalarni sotib olishga “Xalq banki”ning Andijon filialiga 1,5 million dollar kredit olish uchun qilgan murojaati filialning kredit qo‘mitasida ko‘rib chiqilgan va ijobiy qaror qabul qilingan.
Bank va jamiyat o‘rtasida 36 oy muddatga, 12 oy imtiyozli davr belgilanib, yillik 10 foiz to‘lash sharti bilan kredit ajratish haqida shartnoma imzolangan.
“Mazkur shartnoma asosida bank filiali tomonidan jamiyatni hisob raqamiga kredit mablag‘i o‘tkazilishi ta’minlangan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)