Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Suhbat avvalida davlat rahbari rossiyalik hamkasbini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.

Prezident Vladimir Putin rahbarligida Rossiyaning barqaror taraqqiyoti ta’minlanayotgani, aholi farovonligi muttasil oshib, mamlakatning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi mustahkamlanayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar O‘zbekiston—Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, bugungi kunda ular sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyiganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish, investitsiya, fan-texnika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhim ekaniga e’tibor qaratdi.

Prezidentlar samarali parlamentlararo, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklikni mamlakatlar va xalqlar farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti 7-oktabr kuni 67 yoshga to‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi