Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr, dushanba kuni Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari mehmonlarni qutlar ekan, oliy darajadagi o‘zaro ishonchga asoslangan muntazam muloqot ikki tomonlama hamkorlikni misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarishga xizmat qilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shu munosabat bilan Tojikiston parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yorqin dalilidir, deyiladi Pezident matbuot xizmati xabarida.

Oliy martabali mehmon, o‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda o‘zaro aloqalar barcha darajalarda faollashgani qayd etildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qo‘mitalar va parlamentlararo guruhlar darajasida yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv so‘ngida Shukurjon Zuhurov Tojikiston parlamenti qardosh ikki mamlakat va xalq manfaatlari yo‘lida do‘stlik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirdi.

Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi joriy yil dekabr oyida O‘zbekiston parlamentiga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegaradagi qishlog‘i o‘qqa tutildi. Oqibatda bir ayol halok bo‘ldi (video)
Mahalliy
“Davlat OAV erkinligi, axborot izlash, olish va tarqatish huquqlarini kafolatlaydi” — Konstitutsiyaning 67-moddasiga yangi normalar kiritilmoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda avtomobillar ko‘proq qaysi hududlarda ijaraga olinishi ma’lum bo‘ldi